Kevin de Bryuyne mashg'ulotlarga qaytdi

Mirjalol Normatov
18 may 2021, 00:40
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne mashg'ulotlarga qaytdi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi jarohati sababli APLda "Chelsi" va "Nyukasl"ga qarshi bahslarni o'tkazib yubordi.

Ayni damda APL chempionligini qo'lga kiritgan Gvardiola shogirdlari bor e'tiborini "Chelsi"ga qarshi o'tadigan YCHL finaliga qaratgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal