

"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne jamoasi bilan YCHL g'olibi bo'lishi haqida gapirdi.
"O'ylaymanki, YCHLdagi g'alaba "Man Siti"ga bo'lgan munosabatni o'zgartiradi. O'yinchi sifatida biz barcha titullarni yutishni o'ylaymiz. Ko'p yillardan beri bunga intilib kelmoqdamiz. Hal qiluvchi bosqichlarga yetib kelayotganimiz biz yomon ishlamayotganimizdan dalolatdir.
Evrokuboklardagi daraja umuman boshqa. Shu sabab ham bu ish qiyin bo'ladi. Biz hali YCHLda g'olib bo'lmadik. Ammo bunga erishsak, bu odamlarning "Siti" haqidagi fikrlarini o'zgartirib yuboradi", -deydi Kevin de Bryuyne.
"Real Madrid" – "Manchester Siti" bahsi 4 may kuni 23:59 da start oladi.
Eslatib o'tamiz, birinchi o'yinda Gvardiola shogirdlari 4:3 hisobida g'alaba qozonishgandi.



