Kerakli pul to'plandi. Endi Salani izlashadimi?

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2019, 18:14
Izsiz yo'qolgan "Kardiff Siti" futbolchisi Emiliano Sala va uchuvchi Deyv Ibbotsonni qidirish ishlari uchun 2 kunda 300 ming evro yig'ildi.

Futbolchini izlash ishlarini davom ettirish uchun aynan shuncha mablag' kerak edi. Salani qidiruv ishlariga pul yig'ish akciyasida PSJ hujumchisi Kilian Mbappe (30 ming evro), Adrien Rabo (25 ming evro), Loran Koselni, Ilkay Gyundogan va boshqa mashhur futbolchilar ishtirok etishdi.

Eslatib o'tamiz, bu transfer oynasida Sala "Nant"dan "Kardiff"ga o'tgan edi. 21 yanvar kechasi hujumchi xususiy samolyotda Uelsga uchib ketdi va qo'nishdan bir soat oldin samolyot radarlarga ko'rinmay qoldi. 24 yanvar kuni policiya qidiruv ishlarini to'xtatgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail