Kepa jazolanmaydi

Mirjalol Normatov
25 fev 2019
Angliya Liga Kubogi finalida zaxiraga olinishdan bosh tortgan darvozabon Kepa Arrisabalaga "Chelsi" rahbariyati tomonidan jazolanmaydi.

Bu haqda "Standart" nashri xabar bermoqda. Posbon "Manchester Siti"ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida Mauricio Sarri tomonidan o'zgartirilishi kerak edi. Ammo ispaniyalik maydonni tark etmadi. Darvozabonga jazo berilmasligi kerakligini bosh murabbiyning o'zi istamoqda.

"Chelsi" ushbu mavsum starti oldidan 24 yoshli posbonni 80 million evroga sotib olgandi. Shu orqali u futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Standart