Kenjaboev "Nasaf" bilan xayrlashdi

Biroz avval Janubiy Koreyaning "Cheju Yunayted" klubi Islom Kenjaboevning transferini e'lon qilgan edi.

Shundan keyin 21 yoshli futbolchi instagramdagi shaxsiy sahifasi orqali Qarshining "Nasaf" klubi bilan xayrlashdi.

"Bugun men "Nasaf"ni tark etdim. Jamoa bilan bir oila edik. Murabbiylar, do'stlarim va oila a'zolarimga mingdan ming rahmat aytib qolaman. Murabbiylarning saboqlari, muxlislarning qo'llab-quvvatlashi, do'stlarimning motivaciyalari uchun barchalariga rahmat", deb yozadi Kenjaboev.


Manba: championat.asia