"Maync" "Keln" bilan o'yinda 0:2 hisobida yutqazib turib, yakunda durangga erishdi

Narzulla Saydullayev
17 may 2020
Germaniya Bundesligasi 26-turidan o'rin olgan "Keln" - "Maync" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasi va qiziqarli suratlarini tomosha qilish mumkin.



Keln – Maync 2:2  

17 may, 18.30, ReynEnergiSHtadion

Gollar:  1:0 – 6, penalti Ut, 2:0 – 53 Kaync, 2:1 – 61 Avoniyi, 2:2 – 72 Kunde.
Keln – Xorn, Bornauv, Katterbax, Shmitc (Exizibue, 83), Xektor (Redjbechay, 76), Kaync (Shindler, 71), Sxiri, Lyaystner, Kordoba (Terodde, 83), Ut, Tilmann (Dreksler, 46).
Maync – Myuller, Aaron Martin, Niakate, Sen-Jyust, Kunde (Latca, 83), Boetiyus (Barreyro, 83), Fernandesh (Salai, 69), Onisivo (Burkardt, 84), Baku, Kvayson, Chji Don Von (Avoniyi, 56).
Ogohlantirishlar: Xektor (19), Kaync (19), Chji Don Von (37), Redjbechay (87), Sxiri (90), Aaron Martin (90).


YANGILASH


Uchrashuvni tomosha qilish uchun linklar: 

1) http://liveball.ru/match/209146
2) http://e7.z-tv.xyz/football/kyoln-majnc-17-05-20/ 



Hatto mikrofonlar ham o'ralgan


"Keln" zaxirasidagi futbolchilar 


"Keln" klubi muxlislari sevimli jamoasini stadionga kelib qo'llab quvvatlay olishmasa-da, forma va sharflar bilan stadionni "to'ldirishdi".



Mark Ut hisobni ochganidan so'ng uni shunday nishonladi 1:0. 




Mana o'sha gol


Keln shahrida fanatlar, mavsum restartidan u qadar xursand emaslar. Shaharning turli tumanlarida mavsum restartiga qarshi bo'lgan plakatlar ilingan.

Bizning pullar sizning sog'ligingizdan ustun. Bundesliga har qanday yo'l bilan! – plakatlarda shunday yozilgan.


Birinchi taym tugadi. Hozircha "Keln" 1:0 hisobida oldinda


53-daqiqada Florian Kaync ikkinchi golni mehmonlar darvozasiga urdi - 2:0.


61-daqiqada Tayvo Avoniyi hisobni qisqartirdi - 2:1.  


72-daqiqada Per Kunde raqib himoyachilarini ortda qoldirib gol urdi - 2:2. 

Uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi. 



O'yindagi barcha gollarni telegramdagi futbolvideolar kanalida tomosha qilish mumkin. 


 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia