Kellini: "Jenoa"ga qarshi o'yinda "Yuventus" shafqatsizlik bilan harakat qildi"

Tolibjon Qosimov
28 okt 2013, 15:59
"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini "Jenoa"ga qarshi o'yindan qoniqish hosil qilganini ta'kidlab o'tdi.
"Biz so'nggi o'yinlarimizni tahlil qilib chiqdik va qaysi vaziyatlarda boshqacharoq o'ynashimiz mumkinligi haqida xulosalar yasadik. Aytishim mumkinki, yaxshi tomonga o'zgarishni Madriddagi o'yindayoq ko'rdim. "Jenoa"ga qarshi o'yinda esa biz mutlaqo boshqacha o'yin ko'rsatdik: shafqatsiz va agressiv. Konte ham aynan shunday "Yuventus"ni ko'rishni istayapti", dedi Kellini.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru