Kelasi mavsum A Seriyada 30 dekabr kuni ham o'yinlar o'tkaziladi, transfer oynasi esa 1-turdan oldin yopiladi

Aslanov Jasurbek
6 mar 2018, 12:51
Italiya Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti (MOQ) Jovanni Malago kelasi mavsum Italiya futbolida kuchga kiradigan o'zgarishlar haqida aytib berdi.

Uning so'zlariga ko'ra, A Seriyaning 2018/19 mavsum 19 avgustdan 26 maygacha o'tkaziladi, Superkubok uchun bahs esa 12 avgustda bo'ladi, biroq hozircha uning joyi ma'lum emas.

Endi 22, 26 va 30 dekabr kunlari ham futbol uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Klublar 20 yanvar kuni qishki tanaffusdan qaytishadi.

Yozgi transfer oynasi ilk turdan bir kun oldin - 18 avgustda, qishkisi esa 19 yanvarda yopiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia