Football Italia nashrining xabar qilishicha, "Milan"ning yaponiyalik futbolchisi Keysuke Xonda bir necha hafta jamoasiga yordam bera olmaydi.
Klub bosh murabbiyi Filippo Inzagining ma'lum qilishicha, futbolchi mashg'ulotlar vaqtida jarohat olgan. Shuningdek, u Xondaning jamoa uchun muhim futbolchi ekanligini ham ta'kidlab o'tgan.