Keyrush hozirgacha Eron terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgani yo'q

Tolibjon Qosimov
16 avg 2014, 13:28
Portugaliyalik murabbiy Karlush Keyrush hozirgacha Eron terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgani yo'q.
Mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Ali Kafashyanning takidlashicha, agar 61 yoshli murabbiy yangi shartnoma shartlariga rozi bo'lsa, unga Eronga uchib kelish uchun samolyot chiptasini jo'natadi.

"Bu Kafashyanga bog'liq. U qachon xohlasa, o'shanda uchib boraman. Men qaytishim muddatini ayta olmayman. So'nggi marta Eronda bo'lganimda u bilan shartnoma shartlarini kelishib olgandik. Biz biror bir bandni buzmaslikka qaror qilganmiz. Ammo Kafashyan menga yangi shartlarni jo'natdi" - deydi Keyrush.

Keyrush Braziliyadagi jahon chempionati paytida, terma jamoadan yangi taklif olmaganini va jamoani tark etishini aytgandi. Ammo iyul oyida Keyrush Eron futbol federatsiyasi bilan shartnomani uzaytirishi mumkinligi haqidagi xabarlar paydo bo'lgandi va buning bari 1 avgust kuni hal bo'lishi kerak edi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com