
Evro-2016 saralashi doirasidagi o'yin 4:0 hisobida inglizlarning g'alabasi bilan yakunlandi, Keyn esa gol urdi.
"Orzular ushaladi! Debyutdan oldin hayajonlandim, gol urish esa - bolaligim orzusi edi. Bu voqeani uzoq vaqt unutmayman.
Yigitlar juda yaxshi o'ynadi. Uch ochko olganimizdan mamnunmiz. Angliya terma jamoasida o'ynab, gollar urishni istayman.
Italiyaga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda bo'lamanmi? Buni murabbiy hal qiladi, ammo men bunga tayyorman" - deydi Keyn.