Iordaniya maydonida bo'lib o'tgan bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Endi 10 sentyabr kuni har ikkala jamoa Toshkentda javob bahsida maydonga tushishadi.
Safarda to'p surganimizni hisobga olsak, birinchi o'yinda 1:1 hisobini qayd etish yaxshi natija. Endi bizni uyda har qanday hisobdagi g'alaba qoniqtiradi. Bundan tashqari, hatto 0:0 ham terma jamoamizni keyingi bosqichga olib chiqadi. Va o'ylaymizki, Iordaniyani hech bo'lmaganda 2:0 hisobi bilan mag'lub etishga qodirmiz. Chunki birinchi uchrashuvda ularning namoyish etgan futboli shunday fikrlashimizga sabab bo'ldi.
Xo'sh, kechagi o'yin qanday taassurot qoldirdi? Natija tomonlama yaxshi, biroq bevosita o'yinning o'ziga to'xtaladigan bo'lsak, kechagi o'yin JCH-2014ga chiqish uchun ayovsiz kurashga emas, balki final bosqichi masalasi hal qilib bo'lingan Osiyo chempionati saralash o'yiniga o'xshab qoldi. To'g'ri, maydonda kurash bordi, lekin o'yindagi umumiy kartinani yodga oladigan bo'lsak, hech qaysi jamoada o'ta shiddatkorlik kuzatilmadi.
Ehtimol, solishtirish noto'g'ridir, lekin yaqinda bo'lib o'tgan UEFA Superkubogi uchun kechgan kurash bilan kechagi o'yinni qiyoslasak, kechagi bahs JCH-2014ga borish uchun pley-off o'yini bo'lishiga qaramay, qandaydir o'rtoqlik bellashuviga o'xshab qoldi. Yani, o'yinning umumiy kartinasi shunday ko'rindi.
Ammo bu bilan biz terma jamoa yomon o'yin ko'rsatdi deya olmaymiz, har holda natija bor. Lekin kechagi o'yin bizning eng yaxshi o'yinimiz bo'ldimi yo bundan ham kuchli futbol namoyish eta olamizmi? Agar kechagisi hozirgi kunda eng yaxshi o'yinimiz bo'lsa, unda Iordaniyadan o'tganimiz bilan undan keyingi raqibga qarshi nima qilish mumkinligini tasavvur ham qilish qiyin. Mabodo eng yaxshi o'yinimiz hali oldin desak, unda nega kecha shunaqa futbol namoyish etib, u yoqdan g'alaba bilan qaytmadik?
Iordaniya guruh bahslarida o'z maydonida qanday qilib Yaponiya va Avstraliyani mag'lubiyatga uchratganini men ko'rmaganman, lekin kechagi o'yin bo'yicha olib qaraydigan bo'lsak, ularning kuchi deyarli ko'zga tashlanmadi. Iordaniya guruhda 10 ochko jamg'arib uchinchi bo'ldi. Biz esa 14 ochko yig'dik. Faqat gap shundaki, biz har doim o'zimizni Iordaniyadan bir necha barobar ustun hisoblab kelganmiz. Ularning bizdan o'zib ketishini hazm qila olmaymiz. Aslida haqiqat ham shu. Biz ulardan hozir ham kuchlimiz. Faqat endi shu kuchni javob uchrashuvida ko'rsatishimiz talab etiladi. 0:0 o'ynab ham keyingi bosqichga chiqish mumkin, lekin bizni gol o'tkazmasdan kamida ikkita to'p farqi bilan yutish qiziqtiryapti. Bu esa terma jamoaga bo'lgan ishonchni yanada oshirishi turgan gap.
Xayrulla XOLIQOV.