

"U hali yosh bolakay, birdaniga bosim ostiga olib bo'lmaydi. Odamlar u birdaniga 30ta gol urishini kutishmoqda. U hali yosh, ustiga-ustak Premer-ligadagi ilk mavsumini o'tkazyapti.
Uning tanlagan yo'nalishidan mamnunman. Gap shundaki, "Arsenal" bilan qiyin raqiblarga qarshi o'ynash oson emas. U maydonga tushganidan keyin mas'uliyatni bo'yniga olishga harakat qildi.
O'yindan o'yinga rivojlanayotgani ko'rinib turibdi. Rasmus - mas'uliyatli yigit, muvaffaqiyat uchun harakat qiladi. Maqsadlari va vazifalarini hisobga olsak, u ushbu klubning buyuk futbolchilaridan biriga aylana oladi", - dedi Kazeimro.



