Kazemiro "Real"dan ketmoqchi emas, MYU ham unga taklif bilan chiqmagan

Mirjalol Normatov
17 avg 2022, 23:50
"Real" yarim himoyachisi Kazemiro jamoasini tark etmoqchi emas.

"COPE" xabariga ko'ra, futbolchining atrofidagilar uning jamoadan ketish rejasi yo'qligini aytishgan. Madrid klubi ham uni sotish niyatida emas.

O'z navbatida manba "Real"ning braziliyalik borasida "Manchester Yunayted"dan taklif olmaganini ham ma'lum qilib o'tgan. Oldinroq "Yunayted" 50 million funt evaziga Kazemironi sotib olish uchun taklif jo'natgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'tgan mavsumda yarim himoyachi 32 o'yinda qatnashib, 3 golli pas amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: COPE