

Bask klubining qiziqishiga "Man Siti", "Liverpul", "Arsenal" va "Real" qiziqayotgan jamoa yetakchilaridan biri Martin Subimendining ehtimoliy kyetishi bog'liq. Klub taklif qoniqtirsa, o'yinchini qo'yib yuborishga tayyor. "Real Sosedad" Kazemironi ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Braziliyalik uchun "Jirona" ham befarq emas.
Kazemiro joriy mavsum MYU safida barcha musobaqalarda 20ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi. Xavbekning "qizil iblislar" bilan mehnat kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt braziliyalikni 12 mln evroga baholamoqda.



