Kazemiro: “Agar Yevropa Ligasiga ravona bo'lsak, ushbu musobaqada g'olib bo'lishni istayman”

Eldor Akmurzayev
8 dek 2020, 21:45
Chempionlar Ligasi 6-turidan o'rin olgan “Real” – “Borussiya M” bahsi oldidan mezbonlar xavbeki Kazemiro o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Ertaga final, buni hamma biladi va biz bunga tayyorlanmoqdamiz. Finallarda zafar quchishga odatlanganmiz. Yo'q, pley-offga chiqish uchun hisob-kitob qilib o'tirmaymiz, shunchaki, g'alaba haqida o'ylaymiz. Bu mavsumning eng muhim uchrashuvi. “Borussiya M”ni hurmat qilamiz, chunki ular guruhimiz yetakchisi.

Oxirigacha kurashamiz. Boshqa variantlar ham yo'q. Agarda Yevropa Ligasiga ravona bo'lsak, men ushbu sovrinni yutishni xohlayman”, deydi braziliyalik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football.ua