Kavani "Yuventus" bilan muzokaralar olib bormoqda

Tolibjon Qosimov
15 okt 2019, 16:23
PSJ hujumchisi Edinson Kavani "Yuventus"ga o'tishi mumkin.

Bu haqda "Calciomercato.com" nashri xabar berdi. Urugvaylik joriy mavsum yakunlanganidan so'ng erkin agentga aylanadi. Turinliklar esa shartnomasi tugaydigan o'yinchilarni og'dirib olish borasida Yevropaning istalgan jamoasiga dars o'tishadi. Kavanining o'zi bir nechta jamoalar bilan muzokaralar olib borishga tayyor.

Bundan tashqari, PSJ Edinsonga shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqda. Lekin, o'yinchining o'zi yakuniy qarorni qabul qilishdan oldin turli variantlarni ko'rib chiqmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Calciomercato.com