

Janubiy amerikaliklar "H" guruhidagi so'nggi o'yinda Ganani 2:0 hisobida mag'lub etishdi, ammo bu hisob ham ularning nimchorak finalga yo'l olishini taminlay olmadi.
"Valensiya"ning 35 yoshli hujumchisi o'yin davomida raqib jarima maydonida Alidu bilan to'qnashib ketadi, ammo VARga murojaat qilgan hakam penalti belgilamadi.
O'yindan keyin urugvayliklar alamini hakamga izhor qilishdi. Kiyinish xonasiga yo'l olayotgan Kavani esa VAR monitorini yiqitib ketdi.



