Kavani bitta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
24 okt 2014
Fransiya professional futbol ligasi tartib-intizom qo'mitasi "Lans" bilan o'yinda bir daqiqada ikkita sariq kartochka olgan PSJ hujumchisi Edinson Kavanini diskvalifikaciya mudattini e'lon qildi.

Futbolchi birinchi kartochkani golni odobsiz tarzda nishonlagani, ikkinchisini hakam bilan bahslashgani uchun oladi. Kavani bosh hakamga tekkaniga qaramay bir o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Shunday qilib, hujumchi "Bordo"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com