Kavani APLga ko'chib o'tishi mumkin

14 okt 2019, 08:04
MYU uni tekinga qo'lga kiritmoqchi.

PSJ hujumchisi Edinson Kavani 2020 yil yozida jamoani tark etadi. Boisi uning klub bilan tuzgan shartnomasi kelasi yil iyulida yakuniga etadi. Parijliklar esa futbolchiga hali ham yangi shartnoma taklif etgani yo'q. 32 yoshli hujumchi esa “Manchester Yunayted” a'zosiga aylanishi mumkin. Inglizlar futbolchini tekinga qo'lga kiritishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsum Kavani PSJ safida Liga 1 ning 3 ta o'yinida qatnashib, 2 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sunday Express