Kavani – 21 asrda top-5 ligalarining 4 tasida gol urgan beshinchi janubiy amerikalik futbolchi

Eldor Akmurzayev
16 okt 2022, 09:55
La Liga doirasida “Valensiya” 2:2 hisobida “Elche” bilan durang o'ynadi.

Edinson Kavani uchrashuvda dublga erishdi. 35 yoshli forvard XXI asrda top-5 ligalarida gol urgan 5-janubiy amerikalik futbolchi sifatida qayd etildi. Avvalroq, bunday natijaga Aleksis Sanches, Xames Rodriges, Filippe Koutino hamda Anxel Di Mariya erishgan.

Eslatib o'tamiz, urugvaylik hujumchi Italiyada “Palermo”, “Napoli”, Fransiyada PSJ hamda Angliyada “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan. Professional faoliyatini esa 2007 yil vatanida “Danubio” jamoasida boshlagan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta