

"Ronaldu "Yuventus" tanlagan o'yin uslubiga mos tushmayati. U o'ziga pas berilishini, gollar urib, rekordlar qo'yib tashlashni istamoqda. Ronaldu 4 yil oldingidek emas.
"Yuventus" YCHLda g'olib bo'lish uchun Ronalduni olib kelgandi, biroq shundan keyin ham omadsizliklar davom etmoqda. Pirlo yangi murabbiy, futbolchilar bilan murabbiylarcha muloqot qilishni bilmaydi. Uning matbuotga ta’siri juda katta.
Masalan, Kulushevski Ronalduga bog'lanib qolgan. U maydonda katta hudud ochiq bo'lsa-da, doimo Ronalduni qidiradi. Yosh futbolchilar esa Ronalduning oldida qiynalib qolishmoqda", - dedi Kassano.



