Kasorla 636 kundan so'ng yana maydonga tushdi

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2018, 07:54
Ispaniyalik yarim himoyachi Santi Kasorla 636 kunda ilk marta futbol uchrashuvida ishtirok etdi.

Kasorla "Vilyarreal" safida "Erkules"ga qarshi bahsda (1:1) maydonga tushdi.

Bahs yakunlanishiga 15 daqiqa qolganda Kasorla zaxiradan o'yinga qo'shildi. Muxlislar yarim himoyachini qarsaklar bilan kutib olishdi.

Futbolchi jarohat tufayli deyarli ikki yil maydonga tusha olmagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com