Kasilyasning rafiqasi og'ir hastalikka chalinganini ma'lum qildi

Eldor Akmurzayev
22 may 2019, 01:30
Ispaniyalik posbon Iker Kasilyasning rafiqasi Sara Karbonero instagram'dagi rasmiy sahifasi orqali unda rak aniqlanganini ma'lum qildi.

Biz, bitta shok holatdan uzoqlashmay, yana boshqasiga ham duchor bo'ldik. Bir necha kun oldin o'tkazilgan tibbiy tekshiruvlarda menda rak o'simtasi borligi ma'lum bo'ldi. Men jarrohlik amaliyotini o'tkazishga ulgurdim. Hammasi juda yaxshi o'tdi. Baxtimga, kasallikni erta aniqlashga muvaffaq bo'ldik. Biroq, men bir necha oy davolanish kurslarini o'tab, kurashishimga to'gri keladi. Bo'lajak yo'l qiyin bo'ladi. Biroq, natijasi ijobiy yakunlanadi. Menga oilam va do'stlarim ko'magi yordam beradi, – deya qayd etgan Karbonero.

Eslatib o'tamiz, 38 yoshli Iker Kasilyas Portuning mashg'ulotlari vaqtida yuragi xuruj qilishi natijasida shifoxonaga yotqizilgan va bir necha kundan so'ng tibbiy binoni tark etgandi. Shifokorlar unga boshqa futbol o'ynamaslikni maslahat berishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/saracarbonero/