"Kashima Antlers" klublar o'rtasidagi JCH yarim finalida "Atletiko Nasional" bilan o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
11 dek 2016, 17:30
"Kashima Antlers" Yaponiyada bo'lib o'tayotgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatining chorak finalida Afrika qitasi vakili "Mamelodi Sandaunz" jamoasini 2:0 hisobida taslim etdi.

Bahsning 63-daqiqasida Yasusi Endo hisobni ochgan bo'lsa, 88-daqiqada Mu Kanazaki uchrashuvga nuqta qo'ydi.

Shunday qilib, "Kashima Antlers" klublar o'rtasidagi mundialning yarim finaliga chiqdi va bu bosqichda Kolumbiyaning "Atletiko Nasional" jamoasi bilan o'ynaydi.

Ikkinchi yarim finalda "Real" Meksikaning "Amerika" klubi bilan kuch sinashadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia