Kaseres "Levante" o'yinchisiga aylandi

Alisher
31 yanv 2022
"Levante" rasmiy sayti himoyachi Martin Kaseresning transferini e'lon qildi.

Kelishuv bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. O'yinchining so'nggi klubi "Kalyari" bo'lgan edi.

34 yoshli urugvaylik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Transfermarkt "Barselona" va "Yuventus" sobiq o'yinchisini 900 ming evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: levanteud.com