Karvaxal "Real"dagi jamoadoshlari haqida: "TOP 3 - Ronaldu, Ramos, Modrich. Bellingem - nima qilishni yarim qarashda biladigan futbolchi"

Aslanov Jasurbek
9 sen 2023, 20:12
Daniel Karvaxal "Real"dagi eng yaxshi jamoadoshlari haqida fikr bildirdi.

Himoyachidan u birga o'ynagan eng yaxshi futbolchilar uchligini aytishni so'rashdi. 31 yoshli ispaniyalik ular Krishtianu Ronaldu, Serxio Ramos va Luka Modrich deya javob berdi.

Shu bilan birga u joriy mavsum jamoaga qo'shilgan Jud Bellingem haqida iliq fikr bildirdi

"Birinchi marta Bellingemga qaraganimda, u nima qilayotganini biladigan futbolchi ekanligini tushundim. U ko'p qirrali futbolchi, vaziyatlardan foydalana oladi, ikkala oyog'i bilan o'ynaydi, himoya va hujumda yaxshi harakat qiladi. Unga to'p berasiz, u esa yarim qarashda nima qilish kerakligini tushunib oladi" - deydi Karvaxal.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca