Karvaxal: "6ta o'yin qoldi, 18 ochko to'plashga harakat qilish lozim"

Aslanov Jasurbek
16 apr 2019, 15:49
"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal "Leganes"ga qarshi bo'lib o'tgan LaLiganing 32-tur o'yini (1:1) haqida fikr bildirdi.

"Durang - vaziyatlarni hisobga olsak, eng yaxshi natija emas. Mavsumni sovrinsiz yakunlash qiyin. Bosim yo'q, biz kap-katta insonlarmiz va ishlashda davom etishimiz kerak. Endi "Atletik"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. 6ta o'yin qoldi, 18 ochko to'plashga harakat qilishimiz kerak" - deydi Karvaxal.

LaLiga turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com