Karrager: "MYU Ronaldu bilan sovrin yuta olmaydi"

Mirjalol Normatov
17 sen 2021
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager hujumchi Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"ga qaytgani haqida gapirdi.

"Ronaldu eyforiyasi bo'layotgani tushunarli, ammo u Sulsherga muammolar tug'diradi. Krishtianu ayni damda MYUdan ko'ra, APLga ko'proq foyda olib kelishi mumkin. Shunday savol tug'iladi: Ronaldu MYUni APL yoki YCHL sovriniga yaqinlashtirishi mumkinmi? Menimcha yo'q. Ular 5 o'yinning 3tasida yutgan bo'lsa ham fikrim o'zgarmaydi. Ronaldu bir o'zi masalani hal qilib, MYUni kuchaytirishi mumkin. Biroq sovrinlar olib kela olmaydi", - dedi Karrager.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal