Karrager: "Arsenal" APLda g'alaba qozonishi uchun "Siti"dan 3 ochko olishi kerak"

Sherzod Nurmatov
22 apr 2023, 19:08
"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Arsenal"ning "Sautgempton"ga qarshi o'yinidan (3:3) keyin "kanonirlar"ni kutayotgan "Manchester Siti" bilan to'qnashuv haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Sizning hafsalangiz pir bo'lgan bo'lishi mumkin. Neytral ishqiboz uchun ajoyib o'yin bo'ldi. Menimcha, ligada g'alaba qozonish uchun "Arsenal" "Siti"ga qarshi o'yinda 3 ochko ishlashi lozim. Hali hammasi "Arsenal"ning qo'lida. Endi ular mo'jiza ko'rsatishlari kerak", – dedi Karrager.

"Arsenal" 75 ochko bilan APLda yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti" esa 5 ochko kam to'plagan, ammo Xosep Gvardiola shogirdlarida hali ikkita o'yin bor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC