Karrager APLning eng yaxshi futbolchisi kim ekanligini aytdi

Aslanov Jasurbek
19 sen 2018, 12:30
"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karragerning fikricha, "Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar ayni damda Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi.

"Azar Premer-liganing eng yaxshi futbolchisi. So'zlarimga aniqlik kiritmoqchiman. De Bryuyne va Saloh o'tgan mavsumda eng yaxshi edi, ammo men 4-5 yillik davrni hisobga olib gapiryapman. Bu vaqt ichida Azar haqiqatdan ham kuchli o'yin ko'rsatdi. U jahon chempionatida ham eng yaxshi futbolchi edi.

O'zimcha o'ylab qolaman: "Uni to'xtata olgan bo'larmidim? Yoki uni g'azablanishga majbur qila olarmidim?" Yo'q, u juda kuchli ekan" - deydi Karrager.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports