Karpat Maradonasi 48 yoshida Messining harakatlarini takrorlay oldi (video)

Narzulla Saydullayev
20 dek 2013
Ruminiyalik mashxur yarim himoyachi George Xadji 48 yoshida ham yaxshi sport formasida ekan.
Ruminiya va Gretsiya futbol yulduzlari o'rtasidagi Saloniki shahrida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida Xadji o'zining fintlari bilan barchani qoyil qoldira oldi. Barselonaning sobiq futbolchining raqib futbolchisining ikki oyog'i orasidan to'pni olib o'tgani ayniqsa chiroyli chiqqan. Bunday harakatlarni Lionel Messi ko'p bajarardi. Ammo George Xadjining bu harakatlari jamoasiga naf keltirmadi, o'yin durang hisobida tugadi.

Quyida ushbu harakatlarni TAS-IX hududida tekinga tomosha qiling.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia