Karlo Anchelotti: Mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatdik

Narzulla Saydullayev
6 fev 2014, 08:53
Real bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya kubogi yarim finali dastlabki uchrashuvida Atletiko ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirdi.
Natijadan to'la qoniqdim, barcha futbolchilarim ajoyib o'ynashdi. Barkchini to'g'ri qildik: to'p olib qo'yishda faol bo'ldik, tezkor harakat qildik. Jamoam doim shunday o'ynashini istayman, bugun mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatdik.

G'alaba sifatli o'yin evaziga keldi. Javob bahsida Atletiko g'alabaga qozonishga urinadi. O'sha o'yinga ham bugungidek tayyorgarlik ko'rish lozim, – deydi Anchelotti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru