Karlo Anchelotti: "Kroos mavsum oxirida faoliyatini yakunlasa, haqiqiy erkak bo'ladi"

Administrator
9 fev 2024, 20:38
Murabbiy "Real" futbolchisining kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

"Real Madrid" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Toni Kroosning mavsum yakunida faoliyatini tugatishi haqidagi savolga javob qaytardi.

"Agar Kroos mavsum oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlasa, u haqiqiy erkak bo'ladi. Bu qaror unda xarakter borligini isbotlaydi", -deydi Karlo Anchelotti.

Ma'lumot uchun, avvalroq Kroos ushbu mavsum yakunida faoliyatini tugatishi haqidagi xabarlar tarqalgandi. Yozda "Real" bilan shartnomasi yakunlanadigan futbolchi klubdan yana bir yillik shartnoma taklifini qabul qilib olishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Marca