Karlo Anchelotti: Benzema Yuventusga qarshi o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
5 may 2015, 09:32
Real bosh murabbiyi Karlo Anchelotti YCHL yarim finali doirasidagi Yuventusga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
Krishtianuning holati joyida, shanba kuni yaxshi o'yin namoyish etdi. Benzema maydonga tushmaydi, lekin Chicharito yaxshi formada.

Chicharito shunday o'ynasa muammo bo'lmaydi. U bizga juda ham yordam berdi. Maydonga tushirganimda jamoaga tez kirishib ketdi.

Beyl ajoyib formada. Kichik jarohatidan davolanishga vaqt berdik. Sevilyaga qarshi bahsda maydonga tushirib unga imkon berdik, Garet yaxshi harakat qildi, – deydi Anchelotti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru