Karlo Anchelotti: Beyl va Ronaldu tez-tez joylarini almashib turishadi

Narzulla Saydullayev
15 sen 2013, 12:02
Real ustozi Karlo Anchelotti Vilyarrealga qarshi o'yindan so'ng (2:2) quyidagi fikrlarni bildirdi.
O'ylashimcha, Beyl Real safida ilk golidan juda xursand. U oson bo'lmagan o'yinda debyut qildi va gol urdi, yarim himoyachining harakatlaridan qoniqdim. 

Beyl va Ilyaramendi o'yinni oxirigacha o'ynashmadi, sababi debyut oddiy o'yin emas, ularning o'yinidan to'la qoniqdim. 

Ronaldu va Beyl raqiblarga ko'proq xavf tug'dirish uchun tez-tez o'z joylarini almashib turishadi. 

Diego Lopes bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Agar biroz yaxshiroq o'ynay olganimizda g'olib chiqardik, – deydi Anchelotti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru