Karlo Anchelotti: “Arsenal”? Hammasi ularga bog'liq

21 apr 2018, 08:25
“Milan”, “Real”, “Chelsi” hamda “Bavariya” jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Arsenal”da Arsen Vengerning o'rinini egallashi mumkinligi haqida gapirdi.

“Venger “Arsenal”da tarix yozdi va buni tan olish lozim. “Arsenal”da kelajak borasida aniq rejalar bor. Professional tarafdan shuni aytish mumkinki, ularning rejalariga kiradigan bo'lsam, bundan faqat xursand bo'laman, ammo ayni vaqtda taklif yo'q. Hammasi qanday taklif kelib tushishiga bog'liq”, - deydi Anchelotti.

Ma'lumot uchun Venger kecha “Arsenal”ni mavsum yakunida tark etishini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia