
Shu hafta boshida futbolchi oilasiga ko'proq vaqt ajratish maqsadida Uels terma jamoasida boshqa o'ynamoqchi emasligini ma'lum qildi.
"U o'z qarorini o'zgartirdi deb o'ylamayman. U oilasiga ko'proq vaqtini ajratish uchun terma jamoadagi faoliyatini to'xtatdi. Hamma bu qarorni hurmat qilishi lozim. Uning Uels termasi oldidagi xizmatlarini unutmaslik kerak".
"Hozir u shunday vaziyatdaki, o'z hissiyotlariga asoslanib qaror qabul qilishi to'g'ri bo'ladi. Bu yoshda sen futbolchilik faoliyatidan keyin seni nimalar kutayotgani haqida o'ylay boshlaysan. Buni men ham boshdan kechirganman. O'ylashimcha, Kreyg faoliyatni yakunlash shoshmasligi va mavsum yakunlangach bu haqida o'ylab ko'rmog'i kerak", dedi murabbiy.