Karanka - "Granada" bosh murabbiyi. Klub La Ligada 17-o'rinda ketmoqda

Alisher
19 apr 2022, 12:10
Aytor Karanka "Granada" yangi bosh murabbiyiga aylandi.

48 yoshli ispaniyalik jamoani La Ligadagi ketma-ket ikkita mag'lubiyatdan so'ng qabul qilib oldi - "Levante" (1:4) va "Sevilya" (2:4)dan. Jamoa hozirda 32 o'yindan so'ng jadvalda 17-o'rinda bormoqda.

Karankaning so'nggi ish joyi "Birmingem" bo'lgan edi, u klubdan o'tgan yili ketgandi. Oldinroq, u "Nottingem Forest" va "Midlsbro" jamoalarida ham ishlagan.

Karanka 2010-2013 yillar davomida "Real"da Joze Mourinyuning murabbiylar shtabiga kirgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: granadacf.es