Kapello: "Neymar avvallari o'yin boshlanganidan 10 daqiqa o'tib yo'qolib qolar edi"

Aslanov Jasurbek
28 dek 2015, 14:24
"Milan" va "Real" sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello "Barselona" hujumchisi Neymar o'yinini tahlil qildi.

"Luis Suaresni xarid qilgan "Barselona" o'zi qidirgan futbolchiga ega bo'ldi. Neymar ham o'sishda davom etmoqda. Uni Braziliya terma jamoasi safida ko'rganimda, yaxshi o'ynagan, ammo bahs boshlanganidan 10 daqiqa o'tib yo'qolib qolar edi. Hozir esa ko'p yuguryapti va kurashmoqda. Messi yo'qligida Suares va Neymar "Barselona" uchun muhim futbolchiga aylanishdi" - deydi Kapello.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS