Kante terma jamoa yig'ilishiga besh yarim soat oldin keldi

Aslanov Jasurbek
18 mar 2019
"Chelsi" yarim himoyachisi N'Golo Kante Fransiya terma jamoasi tasarrufiga qo'shildi.

Fransiyalik futbolchilar kunduzgi soat 12da Klerfontendagi bazada yig'ilishi kerak edi. Kante tonggi soat 6:30da ushbu joyga yetib keldi. Undan keyin bazaga Kingsli Koman kirib keldi, ammo bu soat 11:00 atrofida sodir bo'ldi.

(Ushbu surat L’Equipe nashriga tegishli)


Fransiya futbol federatsiyasining suratkashi ham yig'inga Kantedan keyin kelgani tufayli "Chelsi" yarim himoyachisidan boshqa deyarli hamma futbolchilarning bazaga kirib ketayotgani aks etgan suratlarni oldi.









Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasi 23 mart kuni Moldova, 26 mart kuni Islandiya bilan bahs o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe