Kannavaro Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishga rozi

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2014, 11:57
Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Fabio Kannavaro "skuadra adzurra" bosh murabbiyi bo'lishga roziligini ma'lum qildi.
"Albatta, bu men uchun sharaf bo'lardi. Hozir federatsiya prezidenti o'zgaradi, yangi murabbiy keladi. Buning barchasi qiyin", - deydi Kannavaro ITV.

"Men murabbiy bo'lishga tayyorman. Agar menga taklif bilan chiqishsa yo'q deya olmayman", - deydi Kannavaro.

Eslatib o'tamiz, Italiya guruh bosqichidan chiqa olmadi. Shundan so'ng bosh murabbiy Chezare Prandelli iste'foga chiqdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru