Kanchelskis - YCHL yarim finallari haqida

Mirjalol Normatov
9 may 2019, 22:27
"Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis YCHL yarim finallari haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Natija qanday bo'lishidan qati nazar Angliyada oxirigacha kurashishadi, bu ularning qonida bor. "Barselona" o'yindan oldin yetakchilarsiz qolgan "Liverpul"ni osonlikcha mag'lub eta olamiz deb o'ylab, mensimaslik ruhida maydonga tushishgani ko'rinib qoldi. Gollandiya kubogini qo'lga kiritgan "Ayaks" esa bu o'yinda yuqori ishtiyoq bilan o'ynadi. Ikkinchi bo'limda esa "Tottenxem" raqiblarining himoyasini osonlikcha aldab o'ta olishdi.

YCHL finalida chiroyli o'yin bo'lishi aniq. Ikki azaliy raqib bir-biriga ochiq futbol taklif etishadi", - dedi Kanchelskis.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru