Kanchelskis: "Bu termani saralashga qo'yishning o'zi katta xato"

Mirjalol Normatov
9 iyun 2019, 13:13
"Navbahor" bosh murabbiyi, Rossiya termasining sobiq futbolchisi Andrey Kanelskis Rossiyaning San-Marino ustidan qozongan g'alabasi haqida gapirdi.

"San-Marino aynan Rossiyaning guruhiga tushdi. Ular bilan o'ynashdan foyda bormi yoki yo'q bilmayman. Albatta, Yevropada bunday futbolchilar bilan o'ynash - kulgili va noto'g'ri.

Men boshqa o'yinlarni ko'rdim, ular effektivroq va qiziqroq. UEFA rahbarlari bu borada o'ylab ko'rishlari kerak. San-Marino kabi termalarni bu saralashga umuman qo'ymaslik kerak. Bu o'yinni ko'rish achinarli. Nima qilayotganligini ularning o'zlari ham bilishmaydi. Hatto, maydonda nimalarni bajarish kerakligini ham tushunishmaydi: qaerga yugurish kerak, to'p bilan qanday ishlash kerak...

Rekordga erishganimiz yaxshi, ammo bu termani istalgan tarkib bilan yutsa bo'lardi. Dzyuba? Buni ko'rishni o'zi kulgili. U VIP-tribunaga borishi va yana kimdandir bo'sa olishi kerak edi.

Kuch etadimi? Kipr bilan o'yinga qoldirish kerak. Agarda bunday termalardan qo'rqadigan bo'lsak, maydonga chiqmaslik kerak", - dedi Kanchelskis.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: bombardir.ru