Kan Riberini "Bavariya"ga taklif qildi

Оқил Абдубарноев
21 okt 2022
"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Frank Riberi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgani haqida xabar bergandik.

"Bavariya"ning afsonaviy darvozaboni Oliver Kan Riberini klubning mamuriy lavozimga taklif qilmoqda.

- Sen “Bavariya”ning afsonasiga aylangansan. Kelgusi faoliyatingda eng yaxshi tilaklarni tilayman. Shuni yodda tut - sening uying shu erda, biz seni kutamiz", - deb yozdi Oliver ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Riberi 2007 yildan 2019 yilgacha "Bavariya"da to'p tepgan. Faoliyatining so'nggi yillarida u Italiyaning "Fiorentina" va "Salernitana" jamoalarida o'ynadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/oliverkahn