Kamoliddin Tojiev: "Tahsinga o'lim bilan tahdid qilishgan? Uning ruhiy holati hamon yaxshi emas"

Оқил Абдубарноев
22 iyul 2026, 12:09
"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev klubning iroqlik himoyachisi Zaid Tahsinning ruhiy holati haqida gapirdi.

– Zaid Tahsin haqida so'ramoqchi edim. Iroq jahon chempionatida ko'ngilsiz natija qayd etdi va mahalliy muxlislar tomonidan unga nisbatan hatto o'lim tahdidigacha borishdi. Bu holat futbolchining ruhiyatiga qay darajada ta’sir qildi? U bilan alohida gaplashdingizmi?

– Ha, alohida gaplashdik. Uning ruhiy holati hali ham to'liq joyida emas. Biz buning ustida ishlayapmiz. U ham yo'l qo'ygan qo'pol xatolaridan keyin hali ham hayajonda. Shu ustida ishlayapmiz, gaplashyapmiz. Xudo xohlasa, keyingi o'yinlargacha sekin-asta ruhiy tomonlama o'ziga kelib qoladi.

TO'LIQ INTERVYUNI O'QISH

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia