Kamavinga "Real"ga o'tishga qaror qildi

Alisher
8 dek 2020, 18:23
"Renn"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga kelajagi borasida qaror qabul qildi.

Xavbek hozirgi klubidan ketmoqchi va Madridning "Real" klubi libosini kiymoqchi. "Qirollik klubi" ham oldinroq iqtidorli futbolchi bilan shartnoma imzolashni xohlashini bildirgan edi.

"Renn" ham shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan Kamavinga bilan xayrlashishga tayyor. Transfer narxi 60-70 million evroga baholanmoqda.

Futbolchi joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS