Kalderon: "Real" yetakchilari Mourinyuning qaytishini xohlashmadi"

Aslanov Jasurbek
12 mar 2019, 10:29
"Real" sobiq prezidenti Ramon Kalderon Joze Mourinyu nega "Qirollik klubi"ga qaytmaganini tushuntirib berdi.

"Real" yetakchilari Mourinyuning klubga qaytishini istashmadi. U jamoani tark etganida, "Real"ni muammolar girdobida tashlab ketgan. Qaytganida yana bir muammo qo'shilardi.

Mourinyuning qaytishi "Real" uchun orqaga tashlangan qadar bo'lardi, chunki u jamoani boshqarganda kelishmovchiliklar ko'p bo'lgan.

Mourinyu ko'plab sovrinlar yutgan yaxshi murabbiy, ammo u "Real" yetakchilariga yoqmasdi. Qaror qabul qilishda bu narsalar hisobga olingan.

Zidanni qaytishiga keladigan bo'lsak, futbolchilar uni yaxshi ko'rishgan. Shu bilan birga u muxlislarning kumiri. Zidan "Real"da o'ynagan, keyin esa jamoa bilan murabbiy sifatida 3 marta Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi" - deydi Kalderon.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports