Kaka yana zaxira o'rindig'ida qoladigan bo'ldi

8 iyul 2013, 12:56
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Kaka, kelasi mavsumdan klub o'yinlarda ko'proq ishtirok etishni umid qilmasa ham bo'laveradi, deya xabar bermoqda ispan OAV.

31-yoshli futbolchiga, klub kelasi mavsumdan yosh futbolchilarga urg'u berishi va klub asosan yoshlarga umid bog'layotganini tushintirib qo'yishdi. Xususan “Real”ning yangi sotib olgan yarim himoyachisi Isko va uning “Real Sosedad”dagi hamkasbi Aser Ilyaramendilarga klub o'z kelajagi sifatida qarayotganligi buning yaqqol isbotiga aylandi.

Kaka esa maydonga tushish taqdirini klubning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan gaplashib olmoqchi.


Manba: championat.com