Kaka faoliyatida birinchi marotaba to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2015, 17:12
"Orlando Siti" yarim himoyachisi Kaka MLS chempionatining "Real Solt-Leyk"ka qarshi uchrashuvida faoliyatida birinchi marotaba to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi.

Uchrashuvning 45 daqiqasida 33 yoshli futbolchi o'z jamrima maydonchasi yonida yarim himoyachi Xaver Moralesni turtdi. Avvaliga Kaka yiqilayotgan futbolchini ushlab qolmoqchi bo'ldi, ammo Morales yulduzli futbolchining qo'lini ushlab qola olmadi. Natijada Kaka raqib futbolchisining sonini bosib oldi va hakam tomonidan chetlatildi.

Kaka bungacha faqat ikki sariq kartochka tufayli qizil olgan. Uning birinchi chetlatilishi 2010 yilda Braziliya terma jamoasi safida bo'lgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com